Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat va huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi.

news-detail

2023-yil 17-mart kuni Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat va huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi.

Unda Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-822 Qonuni (13.03.2023);

Prezidentning “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-34 Farmoni (13.03.2023);

Prezidentning “Mahalla tizimi xodimlari kuni belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi PQ-3132-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” PQ-93-son Qarori (14.03.2023);

Toshkent metropolitenidan foydalanishda pensiya oluvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida” Prezidentning PQ-94-son Qarori (15.03.2023);

Vazirlar Mahkamasining «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini
va uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019 yil 5 dekabrdagi 971-son qaroriga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish haqida
” 106-son (13.03.2023) Hukumat qarori mazmun-moyihati va ahamiyati xodimlarga tushuntirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi 3017-IV-son qaroriga ham to‘xtalib o‘tildi.

Siyosiy-ma’rifat va huquqiy savodxonlik soati yakunida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” namoyish etildi.