“Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma Muvofiqlashtirish Kengashining 3-yigʻilishi

news-detail
2023-yil 20-fevral kuni Maktabgacha taʼlim agentligida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma Muvofiqlashtirish Kengashining 3-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha 2021-yil 11-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida imzolangan yigʻilish Bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda.
2.jpg
Uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari A.Shin, JICA ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari S.Miyazaki, JICA ning Yaponiyadagi ofisi vakili M.Ivase, loyihani amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari ishtirok etishdi.
3.jpg
Qoʻshma loyiha maxsus ehtiyoji bor bolalar taʼlimi sohasidagi bilim va koʻnikmalar asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari va boshlangʻich maktablarning oʻqituvchilarini maxsus va inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻqitishning institutsional asoslarini yaratishga qaratilgan.
Muvofiqlashtirish Kengashining yigʻilishida loyiha doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi va yanada samarali hamkorlikdagi faoliyat uchun keyingi qadamlar belgilandi.